'Ular ham o‘z tanasida his qilsin' yo hujum qilish navbati endi Ukrainaga o‘tdimi?

Surat manbasi, Veniamin Kondratyev/Reuters
"Biz urushni dushman hududiga ko‘chiryapmiz, ular ham buni o‘z tanasida his qilsin".
Uzoqqa uchadigan dronni yig‘ishga kirishgan Ukraina askarlaridan biri xuddi shunday deydi.
So‘nggi paytlarda Ukraina ham tobora Rossiya ichkarisini nishonga olayotgan hujumlarini kuchaytirgan.
Bu o‘rinda Rossiya neft inshoot va qurilmalari nishonga olinmoqda.
Putin Ukrainaga bosqin boshlaganidan beri bunaqasi misli ko‘rilmagandi.
Bungacha, asosan, Rossiya tarafi Ukraina energiya tuzilmalariga va transport tizimlarini vayron etib kelayotgandi.
Ukraina harbiy qo‘mondonlari bunday hujumlar Rossiya tajovuzlarini tutib turadi va jabha old qatoridagi askarlarini halok qiladi, degan fikrdalar.

Surat manbasi, BBC/Moose Campbell
Rossiyaning Qora Dengizdagi neftni qayta ishlash zavodi shu oy ichida uchinchi bor Ukraina dronlari hujumiga uchradi.
So‘nggi hujum oqibatida ulkan yong‘in yuzaga kelgan va yaqin-atrofda yashaydigan odamlar ko‘chirilgan.
O‘tgan ikki hafta davomida Ukraina qilgan hujumlar oqibatida neft dengizga sizib ketgan va rossiyaliklar "qora yomg‘ir" yoqqanini, tevarak-atrof neft quyqasiga belanganini aytishgandi.
Rossiya esa Ukrainani dunyo bo‘ylab neft tanqisligini kuchaytirishda ayblagan.
Ukrainlarga ko‘ra esa, neftni qayta ishlash zavodlari 2022-yilgi bosqinni amalga oshirishda yordam bergan tuzilmalardir.
Krasnodardagi hujum yuzaga keltirgan yong‘inni bartaraf etish uchun 160 nafardan ko‘p o‘t o‘chiruvchi safarbar etilgan.
Qurbonlar bo‘lmagani aytilsa-da, mahalliy odamlardan yashaydigan joylarini tark etish so‘ralgan.
Erksevar Ukraina "qushi" istagan payti xohlagan joyga uchib bora oladi
"Erksevar Ukraina "qushi" istagan paytda xohlagan joyiga uchib boradi"- deyi dronlarni nazarda tutib Ukraina qo‘mondoni Robert Brovdi.
Prezident Zelenskiy Rossiya ichkarisiga qilinayotgan hujumlarni Moskva uchun "og‘riqli" kechishini, bir necha o‘n milliard dollarlik zararlar yetkazilib, bu Rossiya uchun katta yo‘qotishlarni anglatishni qayd etgan.
Ukrainaning hozirgi hujumlari yangi texnologiyalarga ham tayanadi.
mahalliy dronlar arzon va uzoqqa uchadi. Ba’zilari ming kilometrni, boshqalari bundan ikki baravar ko‘proq masofani qamrab oladi.
Ayni paytda nima nishonga olinayotgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ukrainlar Rossiyaning harbiylari va ishlab chiqarish sohalari qatorida, energiya mahsulotlari eksporti tizimlarini ham nishonga olishayapti.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:






























