Tojikiston: Nega ko‘plab yigitlar soch ektirishni, qizlar esa qosh qo‘ydirishni istashadi?

"Men yoshman, sochim qalin va chiroyli bo‘lishini istayman".
Dushanbelik Daler soch ektirish qarorini ana shunday izohlaydi.
Suhbatdoshimiz Tojikiston poytaxtidagi maxsus klinikalardan birida soch ektirishga qaror qilgan.
U to‘kilgan sochlarini tiklash uchun bu yerda soatlab vaqtini o‘tkazishga tayyor.
Haqiqatan, ayni jarayon uzoq vaqt va mablag‘ talab qiladi.
Ammo o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish niyatida klinikalarga boradigan tojikistonlik yigitlar soni ko‘paygan.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Daler esa jarrohlik oxirgi chora bo‘lganini aytadi.
"Sochimni tiklash uchun so‘nggi ikki-uch yil davomida turli usul va davolarni qo‘llab ko‘rdim. Ammo hech narsa yordam bermadi" - deydi u.
"Oxiri soch ko‘chirib, o‘tqazish uchun bu joyga keldim".
Kim soch, kim qosh istaydi?


BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
Tojikistonlik erkaklar ko‘pincha soch ektirishni xohlasalar, xotin-qizlar orasida qosh ektirish ko‘proq uchraydi.
"Qosh ektirganimdan xursandman deydi" - deydi Xo‘jand shahridan kelgan Navro‘za.
"Menimcha, bu yangi qoshlarim meni yanada go‘zallashtirdi".
Bugun soch va qosh ko‘chirib o‘tqazish yoki ektirishga oid reklamalar keng tarqalgan.
Bu - Tojikistonda odamlar go‘zalroq bo‘lishga intilishayotganini ham ko‘rsatadi.
Birgina poytaxt Dushanbeda shu kabi xizmatlarni taklif qiluvchi yigirmaga yaqina xususiy klinika ishlaydi.
Ayrim sotsiologlarning fikricha, ayni voqelik - turmush sharoitlarining yaxshilangani va yosh avlod o‘z tashqi ko‘rinishiga ham ahamiyat bera boshlaganini ko‘rsatishi mumkin.
Bu, o‘z o‘rnida, musulmon va an’anaviy mamlakat sifatida ko‘riladigan Tojikistonda misli ko‘rilmagan madaniy va ijtimoiy hodisadir.
"Biz o‘sib-ulg‘aygan davrda pardoz-andoz nomaqbul bir narsa sifatida ko‘rilardi" - deydi mahalliy sotsiolog Maryam Davlatzoda - "Ammo bugungi avlodning bu boradagi fikri butkul boshqacha".
"Ular butun dunyodan xabardor. Bu muolajalar o‘zgalar uchun emas, balki o‘zlari uchun, o‘z didlariga mos ravishda qilinishini ko‘rib-bilib turishibdi" - deydi u.
"Hozirda bunga ruxsat ham bor ekan, bu kabi muoljalar takliflari ham ortib boraveradi".
Ortayotgan talab va savollar

Bugun nafaqat mashhurlar yoki puldorlar, balki ko‘plab odamlar ushbu klinikalarga murojaat qilishadi.
Talab ortib borarkan, boshqa bir savol o‘rtaga chiqadi. Mavjud xizmatlar zaruriy andaza va talablarga javob beradimi?
Ularning qanchalik xavfsizligi borasida ham xavotirlar bo‘lishi mumkin.
Tojikistonda bu kabi klinikalar faoliyati uchun maxsus ruxsatnoma yoki litsenziyani mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi beradi.
Ayni vazirlikka bo‘ysunadigan maxsus xizmatlar klinikalarning ishini nazorat ham qilib boradi.
Mas’ul tashkilotlar, Tojikistonda noqonuniy yoki ruxsatsiz faoliyat yuritadigan markazlar yo‘qligini aytadilar.
Ötgan yil davomida bunday amaliyotlardan keyingi asoratlar bois bemorlar bizga murojaat qilgan tört-beşta holat böldi.
Dushanbelik jarroh Faridun Homidov 7 yildan beri soch va qosh transplantatsiyasi bilan shug‘ullanib kelayotganini aytadi.
Shifokor Hindiston va Eronda tajriba orttirgan.
Ammo u, asosan, tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan, biron kasallik yoki kuyish kabi hodisalar bois soch yo qoshidan ajralgan odamlarni davolaydi.
Unga ko‘ra, bunday amaliyotlar uchun klinikilarni tanlashda ehtiyot bo‘lish va ularning ruxsatnomalarni tekshirish zarur.
Suhbatdoshimiz, xususan, xususiy klinikalardagi jarrohlik muvaffaqiyatsiz kechganidan keyin bemorlar yordam so‘rab, ularga murojaat qilgan qator holatlar bo‘lganini qayd etadi.
"O‘tgan yil davomida bunday amaliyotlardan keyingi asoratlar bois bemorlar bizga murojaat qilgan to‘rt-beshta holat bo‘ldi".
"Ularga iloji boricha yordam berishga harakat qildik" - deydi shifokor.
"Men ularga tajribali jarrohlar ishlaydigan klinikalarda amaliyotlar o‘tkazishni tavsiya qilaman".

Tojikistondagi soch va qosh ko‘chirib o‘tqazadigan ko‘plab xususiy klinikalarda Eron yoki Turkiyadan kelgan mutaxassislar ishlashadi.
Eronda, xususan, bunday amaliyotlar keng tarqalgan va mutaxassislarda tajriba ham katta.
Shuningdek, til nuqtai nazaridan ham tojikistonliklar bilan eronliklarning muloqot qilishlari oson.
Eronlik mutaxassis Fotima Saidiy bugun Dushanbeda ishlamoqda, u Eronda ko‘p yillik tajribaga egaligini aytadi.
"Tojikistonda qosh o‘tqazishga talab ortib borayotgani uchun biz bu yerda ham bo‘lim ochishga qaror qildik" - deydi u.
Tojikistonda soch va qosh ektirish muolajalari boshlanganiga uzoq vaqt bo‘lgani yo‘q, bozori ham hali ancha yangi.
Lekin ushbu amaliyotlarning o‘sish suratiga qaraganda, bu mamlakatda ham go‘zallik va pardoz-andoz talablari ortib borayotganini anglash mumkin.
Mijozlar uchun yakuniy natija muhim, bozor uchun esa talab va istakning o‘sishi.
Mas’ullar uchun eng muhim masala esa - ushbu muolajaga talab ortishi barobarida tibbiy andazalardan ortda qolmaslikni ta’minlash bo‘lishi mumkin.
Eslatma: Maqola BBC muxbiri Suhrob Ziyo videolavhasi asosida tayyorlandi.






























