Vladimir Putin yuksalishi: KGB zobitidan Kreml yetakchisigacha - (Video)

Vladimir Putin 25 yildan oldin Rossiya boshqaruvini qo‘lga olgan. O‘sha davrda u deyarli noma’lum shaxs edi.
Bugungi kunda Putin mamlakatda tobora avtoritar rahbarga aylanib bormoqda. Uning qarorlari, jumladan Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinchilik, uning jahon sahnasidagi obro‘sini belgilab berdi.
Vladimir Putinning Kremlga kelishidan oldingi hayoti haqida biz biladigan barcha narsalar – uning o‘zi haqida doimo takrorlanadigan hikoyalardan kelib chiqadi. Kalamushlar haqidagi hikoyalardan tortib, uning Germaniyadagi josuslik faoliyati haqidagi latifalargacha.
Uning shaxsiyatini nima shakllantirdi va dunyodagi eng avtoritar hukmdorlardan biriga aylantirdi? Bu savolga javob qidiramiz.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shakllanishi

Bu - Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Dunyo uning ismini bilishidan ancha oldingi tasvir.
O‘rta darajadagi, noma’lum KGB zobiti, keyinchalik dunyodagi eng taniqli yetakchilardan biriga aylandi. Ilk bor saylanganidan beri, Putin o‘zini macho, o‘ta erkakona kuchli shaxs sifatida shakllantirdi.
Ammo suratlar ortida uning yana bir sayqallangan, o‘zining yaratgan qiyofasi bor. Uning intervyularda tez-tez takrorlaydigan latifalari.
Oksford universitetining Ilmiy tadqiqotchisi Doktor Juli Nyuton: "Bu xikoyalarni biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilishimiz shart emas, lekin ramziy ma’noda juda muhim. U aslida nimani aytmoqchi?", deydi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Putin Kremlgacha bo‘lgan hayotidan qayta-qayta eslaydigan uchta hikoya

Surat manbasi, British Pathé
1. LYeNINGRAD
Vladimir Putin 1952 yilda, Leningradda, hozirgi Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. Bu shahar Ikkinchi jahon urushidagi 872 kunlik fashistlar qamali tufayli chuqur jarohat olgan edi. Yuz minglab aholi halok bo‘ldi, jumladan Putinning akasi ham.
Doktor Juli Nyuton aytishicha, qamal uning bolaligiga zamin yatargan muhit bo‘ldi. Bu tanqislik, chuqur travma va yo‘qotish hissi, hamda zaif bolishdan chuqur qo‘rquv bilan belgilangan shahar edi.
U mana shunday sharoitda ulg‘aydi: issiq suvi bo‘lmagan, hamma bir hojatxonadan foydalangan tor kommunal kvartirada.

"Bu ancha og‘ir sharoitdagi, mashaqqatli hayot edi. Yosh Putin ham ancha og‘ir hayotni boshdan kechirgan, kurashuvchan va ochiqchasiga aytsak, bezori bo‘lib o‘sdi", deydi "Putin haqida gaplashishimiz kerak" kitob muallifi Prof. Mark Galeotti.
Uning bolaligi dvorda - ko‘p qavatli uylar orasidagi umumiy hovlida o‘tgan.
Doktor Juli Nyuton dvor madaniyati unga - hatto boshqalardan kichik bo‘lsang ham, hech qachon ortga chekinma degan saboq berganini aytadi.
U kurash va dzyudo bilan shug‘ullana boshladi, keyinchalik qora belbog‘ sohibi bo‘ldi. Ammo u bolaligi haqida tez-tez aytib beradigan latifa bor. U ham bo‘lsa kalamush quvish haqida.

"Bir kuni u katta kalamushni ortga yo‘l bo‘lmagan xonaga quvib kirgizadi. Kalamush ortga o‘girilib sakrashga tayyor bo‘lganida, Putin o‘zi o‘sha joydan qochib ketgan", deydi Prof. Mark Galeotti.
Prezident bo‘lgan yili chop etilgan "Birinchi shaxs" nomli intervyular kitobida u bu voqeadan "muhim va esda qoladigan saboq" olganini aytadi.
"Agar kalamushni burchakka taqab, unga qochish yo‘lini to‘ssangiz, u sizga shafqatsiz qarshilik ko‘rsaradi. Va Putin bundan saboq olganini aytadi: "hech qachon o‘zingni burchakka tiqishlariga yo‘l qo‘yma va birovni ham burchakka tiqma", deydi Doktor Juli Nyuton.
Putinning bolaligi, KGBdagi mashg‘ulotlari, Drezden voqealari va 1990-yillardagi betartibliklar, unda davlat qulashi xavfi bilan bog‘lik instinktlariga chuqur singib ketgan.
2. DRYeZDYeN
Putin sovet razvedka xizmati – KGB safiga qo‘shilishni orzu qilganini aytadi. Davlat xavfsizlik organlarida ishlash — maktab davridan beri orzuim edi.
2000-yil mart oyidagi nutqida u: "Davlat xavfsizlik organlarida ishlash - maktab davridan beri orzuim edi", deydi.
O‘smirlik chog‘ida u Leningraddagi KGB binosiga borib, ish so‘raganini aytadi. Ammo unga universitetga kirib, huquqshunoslikni o‘qish tavsiya etilgan. Keyinchalik uni o‘sha joyda yollashgan.
"Putin KGBga ideologiya sabablari tufayli emas, balki u eng katta kuch bo‘lib ko‘ringani uchun kirgan", deydi Prof. Mark Galeotti.
U KGBdagi vazifasi "siyosiy muholiflar" haqida ma’lumot to‘plash, "kim nima va qanday ish tutayotganini aniqlash bo‘lganini aytadi. Nemis tilini ravon bilgani uchun, 1985 yilda Sharqiy Germaniyaning Drezden shahriga xizmatga yuborilgan. O‘sha davrda Sovet Ittifoqi Sharqiy Yevropa bo‘ylab katta ta’sirga ega edi.

1989 yil oxirida ommaviy noroziliklar Sharqiy Germaniyani qamrab olgan paytida ham Putin Drezdenda edi. Bu noroziliklar noyabrda Berlin devorining qulashiga olib keldi.
Keyin dekabr oyida olomon Sharqiy Germaniyaning shafqatsiz maxfiy politsiyasi — Shtazi binosiga bostirib kirib, rejim qulayotgan paytda hujjatlar yo‘q qilinishini to‘xtatishga harakat qildi.
"O‘sha tunda, Shtazi amalda tugatildi", deydi Doktor Juli Nyuton.
"Birinchi shaxs" kitobida Putin olomon keyin yo‘lning narigi tomonidagi KGB binosiga qarab yo‘nalganini eslaydi.
"Putin KGB binosodan tashqariga chiqib, agar ichkariga kirsangiz, qurollangan askarlar o‘q uzishga majbur bo‘ladi, deb ogohlantiradi va ularni tinchlantiradi", deydi Prof. Mark Galeotti.

Bu olomonni chekinishga ko‘ndirdi, ammo vaziyat yanada keskinlashidan xavotir olib, Putin Moskva bilan bog‘lanib, yordam so‘radi.
Mark Galeotti aytishicha, eng yaqin sovet garnizoniga vahimali qo‘ng‘iroq qilinadi. Ular esa: buyruqsiz hech narsa qila olmaymiz, Moskvadan buyruq kerak, deydi. Moskva esa jim edi.
Sovet Ittifoqi 1991 yilda rasman parchalangan bo‘lsa-da, Putin uning qulaganini o‘sha kuni his qilganini aytadi. Va bu unda unutilmas taassurot qoldirdi.
2005 yildagi nutqida u shunday dedi: "Sovet Ittifoqining asrning eng katta geosiyosiy falokati bo‘ldi. O‘n millionlab vatandoshlarimiz Rossiya hududidan tashqarida qolishdi".
"Drezdendagi tajriba unda davlat kuchi, tartib va beqarorlikning oldini olishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirdi", deydi Juli Nyuton.
3. ANATOLIY SOBChAK BILAN UChRAShUV
Drezdendan keyin Putin KGB safida qoldi, ammo rasmiy lavozimi yo‘q edi. U Leningradga qaytib, konchilik iqtisodiyoti bo‘yicha Nomzodlik dissertatsiyasini boshladi va o‘z haqidagi kitobda u hatto akademik faoliyatini boshlash haqida o‘ylaganini aytadi.
Ammo uning ustozi, sobiq huquqshunoslik professori, keyinchalik Leningrad meri bo‘lgan, Anatoliy Sobchak unga hayotida katta burilish qilgan ishni taklif qiladi. Shunday qilib, u jimgina siyosat olamiga kirib keldi.
Ko‘pincha e’tibordan chetda turib, u yillar davomida Sobchak yonida o‘tirgan.
"Dar haqiqat, 1990 yillardagi tartibsizliklar davrida u ko‘p jihatdan o‘zining haqiqiy istedodini topdi. 1990-yillardagi uning este’dodlari assosan, hamma yoqtirgan portfel tashuvchi shaxs, Hammaning ishonchli o‘rinbosari, ishni jimginabajara oladigan yigit", deydi Mark Galeotti.
U bu davrni faoliyatini shakllantirishda eng muhim yillar bo‘lgan deb hisoblaydi.

Juli Nyuton: "Bu Putin qayta-qayta aytib beradigan, boshqalaridan ustin bo‘lgan hikoya. Sobchak unga shunchalik ishongan ekanki, Putinga o‘zi imzolanan bosh meriya qog‘ozlarini topishirgan. Bu Putinga mer nomidan ish yuritish vakolatini bergan. Bu tajriba Putinning hokimiyatga shaxsiy, sodiq va bo‘linmas narsa sifatida qarashini shakllantirdi. Va Bu saboq Sobchak davri tugaganidan keyin ham u bilan birga qoldi".
Hozir ham uning atrofida Leningrad meriyasi davrida tanishgan ko‘plab odamlar, biznesmen Igor Sechin, yordamchisi Nikolay Patrushev, biznesmen Arkadiy Rotenberg, tadbirkorlar Igor Sechin va Yuriy Kovalchuk, sobiq prezident Dmitriy Medvedev bor.
Sobchak saylovda yutqazgach, Putin Moskvaga ko‘chib, Boris Yelsin ma’muriyatining so‘nggi yillarida Kremlda ishlay boshladi. U tezlik bilan hokimiyatga ko‘tarildi. 1998-yilda xafvsizlik xizmati FSB rahbari, bir yil o‘tib Bosh vazir bo‘ldi.
"Yeltsinning ichki doirasi o‘zlariga bo‘ysunadigan va samarali ishlash qobiliyati bo‘lgan voris izlay boshlagan edi", deydi Mark Galeotti.
Yeltsin odamlari, Yeltsin iste’foga chiqqach, Putin hokimiyatni qo‘lga olishini ta’minladi. Ammo ko‘pchilik rossiyaliklar uchun u hali-hamon sirli shaxs edi.
Mark Galeotti: "Putin aslida jamoatchilik tasavvurini unchalik zabt etmagan edi. Shuning uchun u birinchi marta Bosh vazir bo‘lganida ham, keyin esa albatta Prezident bo‘lganida, odamlar orasida: "Bu odam kim o‘zi?" degan kayfiyat bor edi. Bu esa, albatta, Putin uchun juda foydali bo‘ldi, chunki u amalda siyosiy faoliyatini bo‘sh sahifadan boshlash imkoniyatiga ega edi".

Aynan shu toza saxifada Putin bugun biz biladigan yetakchi qiyofasini yaratdi. Leningrad ko‘chalaridan Rossiyaning eng yuqori lavozimigacha yetgan shaxs.
25 yildan ko‘proq vaqt davomida mamlakatni boshqarib, u tobora avtoritar yetakchiga aylandi.
"Nazdimda, Kremlga qadar bo‘lgan davr Putinning qanday ishlash uslubi va ichki sezgilarini yaxshi ko‘rsatadi, lekin ular hal qiluvchi emas. Menimcha, tarjimai holning o‘zi Putinning butun faoliyati davomidagi tanlovlarini tushuntirib bermaydi", deydi Juli Nyuton.
Uning hokimiyatdagi davri urushlar, iqtisodiy inqirozlar va G‘arb bilan takroriy ziddiyatlar bilan ham shakllangan. Ammo u aytib bergan hikoyalar orqali biz uning fikrlash tarziga nazar tashlashimiz mumkin.
"Putinning bolaligi, urushdan keyingi Leningrad, KGBdagi mashg‘ulotlari, Drezden voqealari va 1990 yillardagi betartibliklar, menimcha, bularning barchasi unda zaiflik, sodiqlik va davlat qulashi xavfi bilan bog‘lik instinktlariga chuqur singib ketgan", deydi Juli Nyuton.
To‘rt yillik urush, Moskva bilan Ukraina chegarasi oralig‘ida joylashgan Lipetsk viloyatiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Putin rahbarligi ostida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi beshinchi yilga kirdi. Yaqin orada tinchlik kelishuviga erishish haqida hech qanday belgi ko‘rinmayapti. Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng katta urush Ukraina uchun ulkan miqyosda o‘lim va azob-uqubatlarga sabab bo‘ldi. Ammo Rossiya ham urishning keskin oqibatlarini boshdan kechirmoqda. Rossiyadagi Bi-bi-si muxbiri Stiv Rozenberg Moskva bilan Ukraina chegarasi oralig‘ida joylashgan Lipetsk viloyatiga safar qildi. To‘rt yillik urush, aynan u yerga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Avvaliga, Yelets shahri ertakdagidek tuyuladi. Lekin bu tuyg‘u uzoq davom etmaydi. Urush izlari hamma joyda seziladi.

Yollash e’lonlaridan tortib, V va Z harflari bilan bezatilgan fast fud e’lonlargacha. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush ramzlari.
"Blinchikni ol", deyilgan do‘kon rastasida, "keyin butun dunyoni".
Bizning yigitlarimiz shubhasiz yutadi, deydi Leonid. Lekin Leonidning mashinasi qorda botib qolgan.
Rossiya uchun ham, ishlar reja bo‘yicha ketmadi.
Binodan pastga qarayotgan harbiylar rasmlari, ular Ukrainada halok bo‘lgan ba’zi mahalliy askarlar.
Rossiya urushdagi yo‘qotishlar haqida statistika ma’lumotini e’lon qilmaydi. Lekin bu yerda odamlar bilan gaplashib, jang maydonidagi yo‘qotishlar hajmini taxmin qilish mumkin.
Irina ismli ayol menga uning qarindoshining o‘g‘li va nabirasi, hamda bir dugonasining eri Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan deydi. U urushni tanqid qilmaydi, lekin nima bo‘layotganini aniq anglay olmaydi.

Ikkinchi jahon urushida, biz nima uchun jang qilayotganimizni bilardik, deydi Irina. Hozir nima uchun jang qilayotganimizni bilmayman.
Ukraina yuzlab kilometr uzoqda, lekin urush endi yaqinroqdek his etilmoqda. Dron hujumlaridan himoyalanish uchun boshpana joylari - Kremlning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinchilik qarorining yodgorliklari.
Mahalliy pishiriqlar do‘konida, ular to‘rt yillik urushdan so‘ng iqtisodiy pasayishni sezmoqda. Xarajatlar oshgan, narxlar ham oshgan. Ko‘plab kichik bizneslar yuqori soliq to‘lovi tufayli zarar ko‘rgan.
Biz do‘konni yopishga majbur bo‘lishimizni tasavvur qiling, deydi do‘kon egasi Anastasiya. Bizning qandolatxonamiz va qarshimizdagi restoran, biz shahrimizni chiroyli qilishga harakat qilamiz. Lekin agar yopilsa, nima qoladi? Faqat kulrang, qorong‘i joy.
Rossiyaliklar uchun to‘rt yil oldin Kremlning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinchilik qarorining oqibatlari endilikda e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan darajaga yetdi. Bu barcha sohalarga ta’sir qiladi, iqtisodiy muammolardan tortib internet senzurasigacha.

Eng og‘iri insoniy yo‘qotishlar. Rossiyaliklar bilan suhbatlarimda tobora ko‘proq odamlar oila a’zolari yoki do‘stlar, yoki do‘stlarning do‘stlari, bu urushda jarohatlangan yoki halok bo‘lganini gapirishmoqda.
Bularning hech biri Vladimir Putin qarorini o‘zgartirishga olib kelmayapti. Putin nazarida, u bu urushni yutmoqda. Kremlda u rossiyalik askarlarni taqdirladi va ularga Rossiya o‘z kelajagi uchun kurashayotganini aytadi.
Biz hududiy poytaxt Lipetskka yo‘l olamiz. Bu shaharda ham Ukrainadagi urushni eslatadigan kundalik belgilar mavjud. Keng tarqatiladigan ma’lumotda, rossiyalik askarlar qahramon ekani aytiladi.

Lekin ko‘p qavatli turar-joy binosida aholi sovuq bilan kurashmoqda. Xonadon binosining ichki qismida muz hosil bo‘lgan. Quvurdan suv toshmoqda. Mahalliylar axoli shikoyat qilgan, lekin hech kim tuzatmagan. Lift ishlamayapti.
Sut sotib olishga bordim, lekin sotuvda qolmagan ekan, deydi u. Endi liftdan foydalana olmayman. Bugun omadli kunim emas ekan, deydi bir keksa ayol.
Ivan urushsiz hayot qulayroq bo‘lardi deb tan oladi, lekin maxsus harbiy amaliyot juda zo‘r, deydi u. "Faqat narxlar oshishda davom etmoqda. Nafaqalar oshadi, keyin narxlar yana oshadi. Bundan menga hech qanday foyda bo‘lmaydi".
Hozirgacha ko‘plab ruslar urush ularni bevosita ta’sir qilmaydigan masofada sodir bo‘layotgandek qarashdi, lekin ko‘rinishidan endi bunday fikrlash tobora qiyin bo‘lib bormoqda.





























