OQ uyda otishma: Tramp shikastlanmadi, gumonlanuvchi hibsga olindi - Nimalar ma’lum? Video

Surat manbasi, @realDonald Trump/ Truth Social
O'qilish vaqti: 2 daq
Donald Tramp ishtirokida o‘tayotgan Oq uy muxbirlari uyushmasi kechasida o‘q otildi. Gumonlanuvchi hibsga olindi. Bir politsiya xodimi yaqin masofadan o‘q yegan, ammo uning o‘q o‘tkazmaydigan jileti uni saqlab qolgan.
BBC'ning AQShdagi hamkori CBS News xabar berishicha, gumonlanuvchi qurolli shaxs huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga u AQSh prezidenti Donald Trampga aloqador amaldorlarni nishonga olganini aytgan.
CBSning mkki nafar nomi oshkor etilmagan manbaga tayanib ma’lum qilishicha, hodisa davomida kamida beshdan sakkiztagacha o‘q uzilgan.
Voqea rivoji qisqacha:
- An’anaviy tadbir Vashington Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi, va Donald Tramp prezident sifatida birinchi marta ishtirok etdi.
- Birinchi xonim Melaniya Tramp, vitse-prezident JD Vens, shuningdek yuzlab jurnalistlar, media vakillari va davlat amaldorlari ham ishtirok etgan.
- Taxmin qilinayotgan qurolli shaxs taxminan GMT 00:45 da mehmonxona foyesiga yugurib kirib, xavfsizlik xodimlari va metall detektorlardan o‘tib ketishga uringan.
- Baland tovushlar eshitilib, xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan prezident va boshqa amaldorlarni binodan olib chiqqan.
- Yuzlab mehmonlar taxminan bir soat davomida binoda qolgan, shundan so‘ng zal to‘liq bo‘shatilgan.
- Tramp ijtimoiy tarmoqlarda gumonlanuvchining suratlari va videosini ulashgan.
- 31 yoshli Koul Tomas Allen gumonlanuvchi sifatida ko‘rsatilmoqda.
- Allen dushanba kuni bir nechta ayblovlar, jumladan zo‘ravonlik jinoyati paytida qurol ishlatish bo‘yicha ayblanishi kutilmoqda.
- Tramp jurnalistlarga so‘nggi uch yildagi bir nechta o‘q uzish holatlarini eslab, "bundan ham xavfli kasblarni tasavvur qilolmayman", degan.


























