Karimov "erkatoyi" Ismat Xushev IIVdagi qiynoqlar, DXX islohoti va Prezident Mirziyoyev haqida - video

Ismat Xushev O‘zbekiston siyosiy doiralari va xorijda quvg‘inda bo‘lgan muxolifat faollari ichida ziddiyatli shaxs bo‘lib kelgan.
U 1989 va 1994 yillar orasida O‘zbekistonning «Hayot va iqtisod» va «Ekonomika i jiznь» jurnallariga bosh muharrirlik qilgan. Mustaqil O‘zbekiston davlat sifatida shakllanayotgan muhim bir davrda u Prezident Islom Karimov siyosatining ashaddiy tarafdori bo‘lgan jurnalist sifatida nom chiqargandi.
O‘z xotiralarida yozishicha, Karimov uni o‘ziga juda yaqin tutgan va uning ko‘plab yuqori darajali hukumat yig‘inlariga kirishiga yo‘l ochib bergan. Shu sabab, Xushev o‘zini «prezidentning erkatoyi» deya tasvirlaydi.
Suhbatni tomosha qiling:
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Ammo, 1994 yilda Xushev prezidentning maslahatchisi Mavlon Umrzoqov bilan birga davlatni to‘ntarish harakatida gumonlanib hibsga olindi.
«Mening qovurg‘alarim singan. Tepishgan IIV ning yerto‘lasida», deydi u Bi-bi-si bilan Londonda o‘tgan suhbatida. Uning aytishicha, bu qiynoqlar shaxsan prezidentning buyrug‘i bilan amalga oshirilgandi.
Ko‘p o‘tmay u ozodlikka chiqdi, ammo 1995 yilda ikkinchi marta hibsga olindi. 1997 yil dekabrida esa narkotik moddalarni saqlashda ayblanib, uchinchi marta qamoqqa olindi. Uning xotirlashicha, Prezident Karimovning aralashuvi bilan yana ozod qilindi.
Bu vaqtlarda ham u Karimovga sodiq kadr edi.
Men SNBdan kelgan biron narsani e’lon qilmaganman va buni isbotlab ham bera olmaysiz.
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
1998 yil boshidan «Delovoy partnyor O‘zbekistana» va «Hamkor» gazetalarida bosh muharrir bo‘ldi. 2003 yilda esa u asos solgan «Milliy ta’lim» gazetasi uchinchi soni chop etilishi ortidan yopildi.
Shu davrda Xushev matbuot yig‘inini chaqirib, bosh vazir o‘rinbosari Hamidulla Karomatovning iste’fosini talab qildi. Ko‘p o‘tmay, u O‘zbekistonni tark etdi va Kanadada siyosiy boshpana oldi.
Ismat Xushev Sovet Ittifoqining qayta qurish yillarida O‘zbekiston matbuotida chop etilgan "Mahkumalar", "Ijodkorga hurmat shumi?!", "Prokurorni qanday qo‘lga tushirishdi?", "Olim bo‘lish oson", "Sholoxov vatanida", "Nomus o‘g‘rilari" nomli qator tanqidiy maqolalari bilan keng jamoatchilikka tanilgandi.
Ismat Xushev o‘zining "Oqlanmagan ishonch qissasi" nomli siyosiy xotiralarini dastlab O‘zbekiston ichkarisida, keyinchalik xorijdagi o‘zbek internet sahifalarida nashr eta boshladi.
Jurnalist xotira kitobida o‘zi aytmoqchi, "Prezident Islom Karimovga yaqin bo‘lgan yillaridagi voqea-hodisalarning rivojlanishi"ni ochiqcha yoritgan. Bugunda u o‘zining kengroq xotiralari jamlangan «Prezident erkatoyining sarguzashtlari» nomli kitobi nashrga tayyorlanayotganini aytadi.
Hozirda 68 yoshli arbob o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida va saytida Karimovning siyosiy merosiga atalgan turkum suhbatlarini berib kelmoqda.

Surat manbasi, Ismat Xushev/YouTube
Bugunda O‘zbekistonga qaytib yashayotganini aytgan Xushev endilikda Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosatining ashaddiy kuychisidek namoyon bo‘lmoqda. Uning turkum suhbatlarida esa, sobiq prezidentga nisbatan tanqidiy qarashlar tobora ko‘p yangramoqda.
«Islom Karimovni men bugun ham yaxshi ko‘raman. Islom Karimov qishloqdan chiqqan mendek yigitga juda katta imkoniyatlar berdi. Men Karimovni hali yomonlaganim yo‘q. Karimov haqida men bilan suhbat qilganlar yaxshi desa, yaxshi deyapman, yomon desa – qo‘shilyapman. Chunki men jurnalistman», - deydi u.
Karimov tirikligida Xushev o‘zining «Dunyo o‘zbeklari» saytida O‘zbekistonning xorijdagi muxolifati a’zolari o‘rtasidagi yozishmalar, moliyaviy ahvoli va shaxsiy hayotlaridagi tafsilotlarni ommaga fosh qildi. Buning ortidan muxolifat orasida uning Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) bilan ishlayotgani haqida gumonlar paydo bo‘ldi.
Muxolifatning fikrida, bu maxfiy ma’lumotlarni faqat MXX qo‘lga kiritishga qodir edi.
«Men jurnalist sifatida Davlat xavfsizlik xizmati bilan ham, Ichki ishlar vazirligi bilan ham, Bosh prokuratura, hatto qamoqxona bilan ham aloqada bo‘lganman. Davlat xavfsizlik xizmatiga jurnalist sifatida aloqada bo‘lish bor, ularning hamma narsalarini ko‘r-ko‘rona e’lon qilish bor. Men SNBdan kelgan biron narsani e’lon qilmaganman va buni isbotlab ham berolmaysiz», - deydi Xushev.

Surat manbasi, Voice of America
Uning aytishicha, bugunda u Shavkat Mirziyoyev unga vatanga qaytib yashashiga ruxsat bergani uchun minnatdor.
Xushev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi va unga Toshkentdan uy taqdim qilindi.
Prezident Mirziyoyevning o‘zi «Uchinchi renessans» deya tasvirlagan davrda, xalqaro kuzatuvchilar fikrida, siyosiy islohotlar amalga oshirilmagani haqidagi tanqidlarga esa Xushev qarshi. Xalqaro hisobotlarda O‘zbekiston hanuz haqiqiy siyosiy raqobatsiz saylovlar o‘tkazilayotgan va muxolifatga yo‘l ochilmayotgan avtoritar davlat deya ta’riflanadi.
«Shavkat Mirziyoyev davlat tepasiga kelganida, men bular davlat to‘ntarishi qildi, deb chiqqanman. Lekin Mirziyoyev bir oy ichida yig‘ilishlarda aytgan gaplari mening butun qarashlarimni o‘zgartirib yubordi. U Milliy xavfsizlik xizmatini tozaladi. Saylovlar mukammal emasdir, lekin bugun O‘zbekistonda xalqning orasidan otilib chiqqan yoshlar bemalol saylanyapti», - deydi u .
To‘liq suhbatni Youtube dagi BBC Uzbek kanalimizda tomosha qiling.































