Chempionlar ligasidagi Pari Sen-Jermen g‘alabasi ortidan Frantsiya yuzlab odamlarni hibsga oldi

Surat manbasi, Reuters
Chempionlar ligasida Pari Sen-Jermen (PSJ) jamoasining Arsenal ustidan g‘alaba qozonishi ortidan Frantsiya bo‘ylab ishqibozlar va politsiya o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvlarda 400 dan oshiq odam hibsga olindi.
Poytaxt Parijda poezd va avtobus qatnovlarini izdan chiqargan tartibsizliklarni nazorat qilish uchun minglab politsiya zobitlari safarbar qilindi.
Keng qamrovli mushakbozlikda bir necha politsiyachilar jarohat oldi. Politsiya shahar markazidagi olomonni tarqatish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazni ishga soldi.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
O‘tgan yil ham PSJ ayni kubokni qo‘lga kiritganida, shu kabi zo‘ravonliklar kelib chiqib ikkita o‘limga sabab bo‘lgandi. Ichki ishlar vaziri Loren Nunyezning aytishicha, bu safar politsiya qattiq tayyorlangandi.
Frantsiya jamoasi penaltida yutishi bilanoq Parijning Shans Elize darvozasini ishqibozlar egallab olishdi.

Surat manbasi, EPA
Tasvirlarda ko‘rinishicha, mushaklar otilgan, yo‘llarda elektrik velosipedlarga o‘t qo‘yilgan va kamida bir do‘konning derazasi sindirilgan.

Surat manbasi, Reuters

Surat manbasi, Reuters
Matchdan avvalroq PSJning Park de Prins stadioni tashqarisidagi bahaybat ekranlarda Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan o‘yinni tomosha qilish uchun yig‘ilgan ishqibozlar va politsiya to‘qnashgan.
Politsiyaga ko‘ra, notinchliklarda oltita avtomobil, ikkita biznes va avtobus bekati zarar ko‘rgan.
Rasmiylar bildirishicha, yakshanbaga o‘tar kechasi 416 odam hibsga olindi, ulardan 280tasi Parijda.
Nunyez bir necha politsiyachi jarohat olganini aytib, buni «mutlaq nomaqbul» hodisa deb atadi.
Faqatgina Fransiyada g'alabadan keyin zo'ravonlikka yuz tutmaslik uchun hamma uyiga qamalib olishga majbur bo'ladi.
O‘ta o‘ng qanot lider Marin Le Pen Xda munosabat bildira turib: «Faqatgina Frantsiyada futbol jamosining g‘alabasi qo‘zg‘olon bilan yakun topadi», - deb yozdi.
«Faqatgina Frantsiyada g‘alabadan keyin zo‘ravonlikka yuz tutmaslik uchun hamma uyiga qamalib olishga majbur bo‘ladi», dedi u.
PSJ jamoasining a’zolari yakshanba kuni tushlikda Shans Elize va Eyfel minorasi orqali o‘tadigan g‘alaba paradida qatnashishlari va Prezident Emmanuel Makron bilan uchrashishlari rejalangan.





























