Orol dengizi atrofida bugun nimalarni ko‘rasiz?

Published

Jami suratlar - Orolbo‘yi va Ustyurt platosiga sayohatga bag‘ishlangan fotoreportaj.

Britaniyalik yosh fotoijodkor Katriona Grey Orolbo‘yi mintaqasiga sayohatdan qaytdi. U o‘zining fotosuratlari va matnini BBCga taqdim etdi. Ushbu fotosuratda Nukus shahri yaqinidagi qadimgi Mizdaxon qabristoni aks etgan. Bu joy miloddan oldingi to‘rtinchi asrda ham ziyoratchilar bilan gavjum bo‘lgan. U paytda Zardo‘shtiylarning dafn go‘shasi bo‘lib xizmat qilgan. Zardo‘shtiylik ta‘siri bugun ham seziladi: Mizdaxon qabristoniga befarzandlikdan davo izlab kelgan ayollarni ko‘rish mumkin.
Сурат тагсўзи, Britaniyalik yosh fotoijodkor Katriona Grey Orolbo‘yi mintaqasiga sayohatdan qaytdi. U o‘zining fotosuratlari va matnini BBCga taqdim etdi. Ushbu fotosuratda Nukus shahri yaqinidagi qadimgi Mizdaxon qabristoni aks etgan. Bu joy miloddan oldingi to‘rtinchi asrda ham ziyoratchilar bilan gavjum bo‘lgan. U paytda Zardo‘shtiylarning dafn go‘shasi bo‘lib xizmat qilgan. Zardo‘shtiylik ta‘siri bugun ham seziladi: Mizdaxon qabristoniga befarzandlikdan davo izlab kelgan ayollarni ko‘rish mumkin.
Qoraqalpog‘istonda qabrlarning ko‘pincha ochiqligi ham Zardo‘shtiylik zamonlaridan qolgan urflar ta‘siri deb ko‘riladi.
Сурат тагсўзи, Qoraqalpog‘istonda qabrlarning ko‘pincha ochiqligi ham Zardo‘shtiylik zamonlaridan qolgan urflar ta‘siri deb ko‘riladi.
Agar Orol dengiziga bormoqchi bo‘lib yo‘lga chiqsangiz, yo‘lingizda Sudochiye ko‘li va tashlandiq Urga qishlog‘i chiqadi. Bu yerga mavsumiy ovchilar kelib yashashadi. Ular qishda ko‘ldan olgan muzlaridan adirliklar bag‘rida muzxona yasashadi va tutgan baliqlarini o‘sha muzxonada saqlashadi.
Сурат тагсўзи, Agar Orol dengiziga bormoqchi bo‘lib yo‘lga chiqsangiz, yo‘lingizda Sudochiye ko‘li va tashlandiq Urga qishlog‘i chiqadi. Bu yerga mavsumiy ovchilar kelib yashashadi. Ular qishda ko‘ldan olgan muzlaridan adirliklar bag‘rida muzxona yasashadi va tutgan baliqlarini o‘sha muzxonada saqlashadi.
Sudochiye ko‘li chetidagi Urga qishlog‘ida rus nasroniylarining qabristoni qolgan. Bir zamonlar bu yerga Starovertsi nasroniylari kelib joylashganlar. Sho‘rolar zamonida Urga baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan. Qishloqda yashaydigan odam qolmagan, biroq chiroyli moviy ko‘l sohilida qabriston saqlanib qolgan.
Сурат тагсўзи, Sudochiye ko‘li chetidagi Urga qishlog‘ida rus nasroniylarining qabristoni qolgan. Bir zamonlar bu yerga Starovertsi nasroniylari kelib joylashganlar. Sho‘rolar zamonida Urga baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan. Qishloqda yashaydigan odam qolmagan, biroq chiroyli moviy ko‘l sohilida qabriston saqlanib qolgan.
Biz - sayyohlarning yo‘lboshchimiz Qoraqalpog‘istonning o‘zida tug‘ilgan va shu yerda voyaga yetgan edi. U vatanini chin dildan sevar va bu yurtning go‘zallliklarining bir qismini biz o‘zimiz bilan olib ketishimizni istar edi. Bu suratdan u o‘zini Orol dengizi bag‘riga solganidan mamnunligini sezish mumkin.
Сурат тагсўзи, Biz - sayyohlarning yo‘lboshchimiz Qoraqalpog‘istonning o‘zida tug‘ilgan va shu yerda voyaga yetgan edi. U vatanini chin dildan sevar va bu yurtning go‘zallliklarining bir qismini biz o‘zimiz bilan olib ketishimizni istar edi. Bu suratdan u o‘zini Orol dengizi bag‘riga solganidan mamnunligini sezish mumkin.
Biz Orol dengiziga qaragan tepalik ustida chodir qurib, shu yerda tunab qoldik. Men ertasi kuni uyqudan turganimda, quyosh yupqa bulut ostidan ko‘rinar, ufqda esa bug‘ ostida qolgan Orol g‘ira-shira ko‘zga tashlanar edi.
Сурат тагсўзи, Biz Orol dengiziga qaragan tepalik ustida chodir qurib, shu yerda tunab qoldik. Men ertasi kuni uyqudan turganimda, quyosh yupqa bulut ostidan ko‘rinar, ufqda esa bug‘ ostida qolgan Orol g‘ira-shira ko‘zga tashlanar edi.
Bu zaminda har qanday o‘simlik ham o‘sib unolmaydi. Qaqrab ketgan yer bir zamonlar Orol tubi bo‘lgan sho‘r tuproqdir.
Сурат тагсўзи, Bu zaminda har qanday o‘simlik ham o‘sib unolmaydi. Qaqrab ketgan yer bir zamonlar Orol tubi bo‘lgan sho‘r tuproqdir.
1930 yillarda qattiq ocharchilik bo‘lgan. Non qidirib ko‘plab Qozoqlar Ustyurt sahrosini kesib o‘tib, O‘zbekistonga yetib tirik qolishga harakat qilganlar. Har-har zamonda uzoq yo‘lda olamdan o‘tgan Qozoqlarning qabrlari ko‘zga tashlanadi.
Сурат тагсўзи, 1930 yillarda qattiq ocharchilik bo‘lgan. Non qidirib ko‘plab Qozoqlar Ustyurt sahrosini kesib o‘tib, O‘zbekistonga yetib tirik qolishga harakat qilganlar. Har-har zamonda uzoq yo‘lda olamdan o‘tgan Qozoqlarning qabrlari ko‘zga tashlanadi.
Bir zamonlar mana bu qoyalar suvosti qoyalari bo‘lgan. Orol quriganidan keyin qoyalar qulab ulkan daralarni tashkil qilayapti.
Сурат тагсўзи, Bir zamonlar mana bu qoyalar suvosti qoyalari bo‘lgan. Orol quriganidan keyin qoyalar qulab ulkan daralarni tashkil qilayapti.
Biz 150 kilometrlik Orolqumni bosib o‘tdik. Bu dengiz tubi o‘rnida yangi tarkib topgan sahrodir. Qaqrab yorilgan quruqlik sathini tuz qoplagan. Havo ham yopishqoq va sho‘r. Shamol butun badanni tuz bilan tuproqning qorishmasidan iborat chang qatlami bilan qoplaydi. Hozir UNESCO ko‘magida bu yerdagi tuzli shamollarni kamaytirish va yovvoyi jonivorlarni jalb qilish maqsadini ko‘zlagan ekin ekish loyihasi amalga oshirilayapti.
Сурат тагсўзи, Biz 150 kilometrlik Orolqumni bosib o‘tdik. Bu dengiz tubi o‘rnida yangi tarkib topgan sahrodir. Qaqrab yorilgan quruqlik sathini tuz qoplagan. Havo ham yopishqoq va sho‘r. Shamol butun badanni tuz bilan tuproqning qorishmasidan iborat chang qatlami bilan qoplaydi. Hozir UNESCO ko‘magida bu yerdagi tuzli shamollarni kamaytirish va yovvoyi jonivorlarni jalb qilish maqsadini ko‘zlagan ekin ekish loyihasi amalga oshirilayapti.
Qoraqalpog‘istonning boshqa qishloqlarida bo‘lgani singari Uchsoy qishlog‘idagi ko‘plab uylarning tashqarisida ham yomon ko‘zdan asraydigan "tumor"larni ko‘rish mumkin. Ko‘pincha ostonalarda bo‘yalgan qalampir va ichiga turli buyumlar solingan butilkalar osilganini ko‘rish mumkin.
Сурат тагсўзи, Qoraqalpog‘istonning boshqa qishloqlarida bo‘lgani singari Uchsoy qishlog‘idagi ko‘plab uylarning tashqarisida ham yomon ko‘zdan asraydigan "tumor"larni ko‘rish mumkin. Ko‘pincha ostonalarda bo‘yalgan qalampir va ichiga turli buyumlar solingan butilkalar osilganini ko‘rish mumkin.
Mo‘ynoqda zaminlagan kema. Bir zamonlar to‘lqinlar bag‘rini yorib, dengizda "uchgan" kemalarning floti bugun qum ustida sochilib yotipti. Bu joy bir paytlar gavjum baliqchilar shaharchasi Mo‘ynoqning bandargohi.
Сурат тагсўзи, Mo‘ynoqda zaminlagan kema. Bir zamonlar to‘lqinlar bag‘rini yorib, dengizda "uchgan" kemalarning floti bugun qum ustida sochilib yotipti. Bu joy bir paytlar gavjum baliqchilar shaharchasi Mo‘ynoqning bandargohi.