Video - Gulsara-opa yo'q yerdan qanday boyxonimga aylandi?
Gulsara-opa bir necha yil oldin bankdan qarz ko'tarib, 2ta tuya va 8ta sigir sotib olgandi.
Bugun tuyalari soni 150tadan oshdi. Yonida yana yuzlab mol-yo'q va yilqi ham qo'shilib, ulkan ferma vujudga keldi.
Sovet davrida savdo sohasida ishlagan Gulsara-opa, 1990-yillar boshida ishsiz qolib, qiynaladi.
Lekin tavakkal qilib qarz oladi va yo'q yerdan chorvachilikni boshlaydi.
Bugun opaxon Chimkent atroflaridagi mashhur boyxonimlardan biriga sanaladi.
Hozir qo'shimcha yer olib, chorvasi uchun yem yetishtirmoqda. Sut mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Kelasi rejasi - kolbasa ishlab chiqaruvchi shaxsiy korxona ochish.
Shu asno uning bolalari, yaqinlari va hatto O'zbekistondan keladigan muhojirlar ham ayni xo'jalikda ish topishmoqda.
"Qozog'istonda ishbilarmonlar uchun bankdan imtiyozli qarz ko'tarish va yer olish osonligi ham bu yerda katta o'rin tutadi" - deydi suhbatdoshimiz.
"Markaziy Osiy kundaliklari" turkumidan so'nggi lavhamiz yo'q yerdan boyigan qozog'istonlik Gulsara Seitjanova haqida.
Noyabr oyida oxirida esa "Markaziy Osiyoning talash daryolari" hujjatli filmini tomosha qiling.
Mualliflar: Rustam Qobil, Oksana Vojdaeva va Maksim Lomakin.
BBC O'zbek xizmati videolarini BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)da ham tomosha qiling.


