Go‘daklarning miyasida nimalar kechadi? Yangi tajriba boshlandi

Yosh bola - taxminan ikki yoshli go'dak - iPadga tikilib o'tiradi, aftidan ekrandagi narsalarga berilib ketgan. iPadni ko'rish imkonidan mahrum bo'lgan psixologiya tadqiqotchisi ushlab turibdi va bola onasining tizzasida o'tirib, oldidagi ekrandagi narsalarni tomosha qilmoqda.

Surat manbasi, Kevin Church/BBC News

    • Author, Viktoriya Gill
    • Role, Ilm-fan muxbiri
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Ikki yoshli Genri oldidagi iPad'ga butunlay maftun bo‘lgan. Har safar tabassum qilgan yuz paydo bo‘lganda, u ekranni bosadi va shu bilan yuz raqsga tushayotgan hayvon multfilmiga aylanadi.

Bu oddiy, takroriy o‘yinga o‘xshasa-da, aslida kichkintoyning o‘sib borayotgan miyasida rivojlanayotgan asosiy ko‘nikmani sinovdan o‘tkazish usulidir. Genri ma’lumotlarni tahlil qiladigan katta qurilmaga ulangan sensorli qalpoq kiygan. U o‘yin o‘ynayotganda, qalpoq uning miya faoliyatini kuzatib, qaror qabul qilishni qanchalik yaxshi boshqara olishini aniqlaydi.

Bu istakni nazorat qilish testi bo‘lib, Bristol universiteti olimlari chaqaloqlar va go‘daklarda o‘lchaydigan ko‘nikmalardan biridir. Bu test yosh bolalarda diqqatni jamlash va o‘rganishga imkon beradigan qobiliyatlar qanday va qachon rivojlanishini tushunishga yordam beradi.

Olimlar bu ko‘nikmalar juda muhimligini bilishadi, ammo ular chaqaloq miyasida qaysi bosqichda shakllanishini hali aniqlay olishmagan.

Olti oylikdan besh yoshgacha bo‘lgan yuzlab bolalarning ulg‘ayishi – ularning akademik va ijtimoiy qobiliyatlarini shakllantiradigan asosiy ko‘nikmalarni egallashi jarayonida kuzatib borilmoqda.

Ammo bu innovatsion loyihaning o‘ziga xos jihati shundaki, u insonni o‘rganish bo‘yicha o‘nlab yillar davom etadigan boshqa bir tajriba doirasidagi tajribadir. O‘rganilayotgan 300 nafar bolaning onalari ham 1990-yillarda ularning sog‘lig‘i kuzatilgan loyihada qatnashishgan.

Ikki yosh bola, yosh bolalar, yorug' va havodor xonada o'yinchoqlar bilan o'ynashmoqda. Ular kameraga orqa o'girib, o'yin bilan band bo'lib ko'rinadi. Bu Bristol universitetining psixologiya kafedrasining kutish xonasi bo'lib, u bolalarni xursand qilish va o'yin-kulgi bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan.

Surat manbasi, Kevin Church, BBC News

Hozirda bu bolalarning miya rivojlanishi va ularning ota-onalari salomatligi, tajribasi hamda genetikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradigan butun umrlik ma’lumotlar to‘planmoqda.

Bola rivojlanishini o‘rganish uchun ota-onalar haqidagi bunday boy ma’lumotlarga ega bo‘lish "dunyoda mutlaqo noyob hodisa", deydi yetakchi tadqiqotchi doktor Karla Xolmbo.

"Biz turli ko‘nikmalar qachon rivojlanishini bilishimiz va har bir bola vaqt o‘tishi bilan qanday o‘sishini o‘rganishimiz kerak."

Maktabga borganda qiynalgan bolalar, odatda, keyin ham qiynalishda davom etadi, deb tushuntiradi doktor Xolmbo.

"Bu hatto voyaga yetguncha ham davom etishi mumkin. Shuning uchun, bolani ancha yoshligidan qo‘llab-quvvatlay olishimiz uchun o‘rganishimiz kerak bo‘lgan rivojlanish davri bor."

Tadqiqot davomida yosh ishtirokchilar va ularning ota-onalari universitetning psixologiya laboratoriyasiga aqliy o‘yinlar o‘ynash va miya faolligini o‘lchash uchun taklif etiladi. Ko‘pchilik olti oylik, uch yosh va besh yoshida MRT tekshiruvidan o‘tadi, bu ularning rivojlanayotgan miyasining haqiqiy tasvirini yaratadi.

Psixologiya bo'yicha tadqiqotchi yosh bola bilan o'yin o'ynaydi. Tasvirning o'ng tomonidagi tadqiqotchi juda kichkina, plastik stulda o'tiradi, shuning uchun u yosh bola bilan muloqot qilish uchun kerakli balandlikda bo'ladi. Taxminan ikki yoshli bola o'ynayotgan o'yinining maqsadi bo'lgan, hozirgina topib olgan stikerga qaraydi.

Surat manbasi, Kevin Church/BBC News

Genri o‘ynayotgan o‘yinining asosiy jihati yuzning iPad ekranida paydo bo‘lishidir. Go‘dak ekranning o‘ng tomonida qayta-qayta paydo bo‘ladigan yuzga o‘rganib qolgach, u kutilmaganda chap tomonda paydo bo‘la boshlaydi.

"Biz Genri shunchaki o‘ng tomonni bosishni to‘xtatib, tabassum qilgan yuz qaerdaligini qidiradimi, shuni aniqlamoqchimiz", deb tushuntiradi tadqiqotchi yordamchisi Karmel Bro.

Doktor Xolmbo tushuntirishicha, bu ko‘nikma bolalar maktabga borganda juda muhim.

"Darsda bola diqqatini jamlay olishi va e’tiborini chalg‘itmasligi kerak, – deydi u. – Yangi narsalarni o‘rganish uchun eski odatlarni to‘xtata olishi lozim."

Yosh bola divanda o'tiribdi, ustiga "yosh olim" yozuvi tushirilgan yorqin ko'k futbolka kiygan. Suratdagi go'dak Bristol universitetining chaqaloq miyasi laboratoriyasida olib borilayotgan yangi tadqiqot ishtirokchisi.

Surat manbasi, Victoria Gill/BBC News

Boshqa xonada ikki yoshli Jekson o‘zining ishchi xotirasini tekshirish uchun mo‘ljallangan o‘yinni o‘ynamoqda.

Tadqiqotchi yordamchisi uni turli idishlarga stikerlar qo‘yayotganini kuzatishga undaydi. Keyin kichkintoydan qaysi idishlarda stikerlar borligini va qaysilarida yo‘qligini eslab qolish so‘raladi. Bolani qiziqtirish uchun Jekson o‘zi topgan barcha stikerlarni o‘ziga olishi mumkinligini aytishadi.

"Ishchi xotira – muammoni hal qilish yoki vazifani bajarish uchun miyamizda kerakli ma’lumotni saqlashimiz kerak bo‘lgan payt – masalan, boshqotirma yechish yoki hatto ikki daqiqa oldin nimanidir qayerga qo‘yganimizni eslash, – deb tushuntiradi doktor Xolmbo. – Biz matematika yoki o‘qishni o‘rganayotganimizda bu ko‘nikmalarga muhtojmiz.

"Men ularni muhim ko‘nikmalarning "g‘ishtlari" deb atayman."

Tadqiqot, shuningdek, tilning rivojlanishi va qayta ishlash tezligini baholaydi – bu bolaning yangi ma’lumotni qanchalik tez o‘zlashtirishi o‘lchovidir.

Yosh bola plastik o'rdak bilan o'ynayapti. U jilmayib turibdi va oldidagi stolda boshqa rangli o'yinchoqlar bor. U Bristol universitetida yangi bolalar rivojlanishi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot ishtirokchilaridan biri.

Surat manbasi, Kevin Church/BBC News

"90 yillar bolalari" loyihasi 35 yoshga to‘ldi. Asosan salomatlikka e’tibor qaratib, 1991-1992 yillarda tug‘ilgan 14,5 ming bolani kuzatish orqali semizlik, autizm va yaqinda pandemiyaning ruhiy salomatlikka ta’siri haqida ma’lumotlar to‘plandi.

Loyiha ma’lumotlari butun dunyo olimlariga ulashilgan va minglab ilmiy ishlarda foydalanilgan.

90-yillardagi bolalarning ovqatlanish ratsionini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bolaning ovqat tanlab injiqlik qilishi ko‘pincha tashvish keltirsa-da, uning sog‘lig‘i va rivojlanishiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Loyihaning asosiy qismi bo‘lgan muntazam tibbiy tekshiruvlar tufayli, har besh nafar yoshdan birida yog‘li jigar kasalligi belgilari borligi va har qirq nafar yoshdan birida asosan semizlik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan jigar chandiqlanishi bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bu holat qanchalik keng tarqalganini ko‘rsatdi va ovqatlanish orqali uning oldini olish yo‘llari haqida ma’lumot berdi.

Emily Chatham
Tug‘ilganimizdan beri ikkalamiz ham bu jarayon ishtirokchisimiz. Boshida bu men uchun tanlov emas edi – onam meni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Lekin hozir bu mening tanlovim.
Emili
Tajriba ishtirokchisi (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Ilmiy kashfiyotlar esa davom etmoqda. O‘tgan oyda o‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatishicha, ratsionida yog‘li baliq bo‘lmagan bolalar kamroq ijtimoiylashgan va mehrsizroq bo‘ladi.

90-yillar bolalarining farzandlari ustidagi ushbu so‘nggi tadqiqotda olimlar aynan shakllantiruvchi qobiliyatlar va miya rivojlanishini o‘rganmoqda. Ular har bir bolani maktabga borguncha kuzatadi.

Emili onasining qo‘lida

Surat manbasi, Emily Chatham

Surat tagso‘zi, Emili onasining qo‘lida

Genrining onasi Emili 90-yillarda o‘rganilgan. Bugun uning o‘g‘li tizzasida o‘tirgancha tadqiqot guruhining puxta ishlab chiqilgan topshiriqlaridan birini bajarmoqda.

"Tug‘ilganimizdan beri ikkalamiz ham bu jarayon ishtirokchisimiz, – deydi Emili. – Boshida bu men uchun tanlov emas edi – onam meni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Lekin hozir bu mening tanlovim va, menimcha, juda qiziqarli."

Doktor Xolmbo aytishicha, maqsad bolalarning kelajakda rivojlanishiga yordam berish. Chunki ular maktabga chiqqanida "allaqachon kech bo‘ladi».

"Bu bolalarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan poydevordir."

Genri va Jekson boshqotirma va o‘yinlarini yakunlab, miyani skanerlovchi quloqchinlarini yechishadi.

"O‘g‘illarimga bu yerga kelish yoqadi, – deydi Emili. – Ularga barcha o‘yinchoqlar yoqadi – bepul yeguliklar olishadi. Shuning uchun xohlaganicha kelaveraman.

"Bu ishga bosh qo‘shib, kelajak avlodlarga yordam berish mumkin bo‘lganda, nega buni istamaslik kerak?"